13:07 / 25.05.2015
2060

Anastasiya Serdyukova bronza medalini qo‘lga kiritdi

Toshkentda nihoyasiga yetib borayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqichida hamyurtimiz Anastasiya Serdyukova shohsupaga ko‘tarildi. 

Bulavada mashq qilishda 17,850 ball olgan Serdyukova bronza medali bilan taqdirlandi. Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni rossiyalik Margarita Mamnun hamda belaruslik Kastyarina Xalkina band etishdi. 

Badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi. 
Bulava 

1. Margarita Mamun (Rossiya) – 19,100 
2. Katsyarina Xalkina (Belarus) – 17,950 
3. Anastasiya Serdyukova (O‘zbekiston) – 17,850 

Top