09:59 / 25.05.2015
3424

Argentinalik futbolchi o‘yin paytida sodir bo‘lgan yurak xurujidan vafot etdi

Argentinaning “Atletiko Parana” jamoasi himoyachisi Kristian Gomes o‘yin paytida mazasi qochib maydonga yiqilib tushdi. Bu fojia 24 may kuni “Boka Unidos” bilan uchrashuv paytida sodir bo‘ldi.

Bu voqea o‘yinning 32-daqiqasida ro‘y berdi. Shundan so‘ng hakam o‘yinni to‘xtatdi. “Bu hushdan ketish yoki to‘satdan ro‘y bergan o‘limga o‘xshardi”, deb aytdi “Atletiko Parana” vakili.

“Maydonda navbatchilik qilgan shifokorlar 27 yoshli sportchini shifoxonaga olib ketishayotganda yo‘lda jon berdi”, deb aytmoqda jamoa menejyeri. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchi yurak xurujidan vafot etgan.

Top