08:27 / 25.05.2015
1251

El Pais: Ispaniyaning hukmron partiyasi mahalliy hokimiyatdagi o‘rinlarini yo‘qotishi mumkin

Ispaniyaning hukmron Xalq partiyasi mahalliy saylovlarda 26.7 foiz ovoz to‘plab, amalda ko‘plab mahalliy hokimiyat organlari ustidan nazoratni yo‘qotdi. El Pais nashrining yozishicha, mamlakatning ko‘plab mintaqalari muxolif kuchlar nazorati ostiga o‘tishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, muxolif partiyalar o‘zaro kelishib ish tutgan taqdirda ular Madrid, Barselona, Sevilya, Aragon, Asturiya, Kantabriya, Kastiliya-La-Manch, Valensiya va Estremadurni nazorat qilishi mumkin bo‘ladi.
Xalq partiyasi 1991 yildan buyon birinchi marta bu qadar past natija qayd qilishi.
Joriy yilning noyabr oyida saylovlar umummilliy darajada bo‘lib o‘tadi.

Top