11:27 / 25.05.2015
1497

Falkao London klublarining biriga o‘tmoqchi

Ushbu mavsumni “Manchester Yunayted” safida ijara asosida o‘tkazgan “Monako” hujumchisi Radamel Falkao Angliya premer-ligasida qolishni istamoqda.

Mankunianliklar 29 yoshli korumbiyalik futbolchini sotib olish fikridan qaytdi. Futbolchi 26ta o‘yinda 4ta gol urib, 5ta golli uzatma amalga oshirgan.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, Falkao o‘zining agentiga APLda, iloji bo‘lsa Londonda unga boshqa klub topib berish vazifasini topshirgan. Futbolchi bunda maoshining kesilishiga ham rozi bo‘lmoqda.

Ma'lumot uchun, Falkao “MYu”da haftasiga 280 ming funt sterling maosh oladi.

Avvalroq, “Monako” Chelsi”ga Falkaoni ijaraga olishni taklif qilgan edi.

Top