12:54 / 25.05.2015
3234

Federal qidiruvlar byurosi Vashington markazidagi shubhali avtomobilni portlatib yubordi

AQSh Federal qidiruvlar byurosi AQSh poytaxtida xavfli operatsiyani amalga oshirdi. Xabar berilishicha, bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rilayotgan shaharning markaziy xiyobonida FQB xodimlari ichida qo‘lbola portlovchi qurilmalarga o‘xshash buyumlar bo‘lgan shubhali avtomobilni aniqlaganlar.

Ehtiyotkorlik choralari sifatida bu qurilmalarni avtomobil bilan birga portlatib yuborishga qaror qilingan. FQBning maxsus aksilterrorchilik bo‘linmasi xodimlari avtomobilni portlatib yuborishdi.

Qayd etilishicha, operatsiya o‘tkazilgan hududda bayram tomoshasi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan hamda minglab aholi va mehmonlar tomosha joyiga to‘planishga ulgurib bo‘lishgan. Avtomobil egasi aniqlanib, hibsga olingan. Biroq hozircha unga bekor qilingan haydovchilik guvohnomasidan foydalanganlik aybi qo‘yilmoqda.

Top