11:38 / 25.05.2015
1473

Pirlo “Nyu-York Siti” jamoasi bilan muzokara olib bormoqda

“Yuventus” yarim himoyachisi Andrea Pirlo o‘z faoliyatini AQSh Oliy futbol ligasida davom ettirishi mumkin.

36 yoshli italiyalik yarimhimoyachi Ispaniya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi David Vilya to‘p surayotgan “Nyu-York Siti” jamoasi bilan muzokara olib bormoqda.

Avvalroq Pirloga Qatarning “Al-Jaysha” jamoasi qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingandi. Biroq futbolchining o‘zi ko‘proq AQSh futbol ligasiga o‘tishni istamoqda.

Top