13:01 / 25.05.2015
1660

Qirg‘izistonda xususiy bolalar bog‘chalari va kardiomarkazlar bir qator soliqlardan ozod qilindi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev xususiy bolalar bog‘chalari va kardiomarkazlarni bir qator soliqlardan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi. Bu haqda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq bunday muassasalar uch turdagi soliqlardan ozod qilinadi: savdo solig‘i, daromad solig‘i va qo‘shimcha qiymat solig‘i.
Qonundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad bolalar bog‘chalariga va kardiologiya markazlariga ega tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash ekanligi aytilmoqda.

Top