18:15 / 25.05.2015
2208

"Real" Anchelottining iste'fosi haqida rasman e'lon qilishi kutilmoqda

25 may kuni oqshomida "Real" prezidenti Florentino Peres Karlo Anchelotti bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu uchrashuvda murabbiyning jamoada qolishi yoki qolmasligi aniqlashtiriladi.

Uchrashuvdan keyin matbuot anjumani o‘tkaziladi va yakuniy qaror e'lon qilinadi. Ayni vaqtda ko‘pchilik Karlo Anchelottining iste'fosi e'lon qilinishini kutmoqda.

Qayd etish joizki, jamoaning aksar futbolchilari italiyalik mutaxassisning ketmasligini xohlamoqda. Xususan, madridliklarning asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlar orqali keyingi mavsumda ham Anchelotti bilan ishlashni xohlashini yozgan.

Top