22:36 / 25.05.2015
5298

Rossiya va Xitoy “sovuq urush” zamonlaridagi kabi fikrlashdan voz kechishga chaqirmoqda

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev va Xitoy davlat kengashi a'zosi Yan Tszechining uchrashuvida qo‘shma bayonot qilindi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“70 yildan beri BMT nizomining maqsad va tamoyillari o‘zining dolzarbligini saqlab kelmoqda. Biroq undagi g‘oyalarni tushunish va joriy qilish jarayoni hanuzgacha yakunlanmagan. Davlatlar bir-birlarining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy birligi, ijtimoiy-siyosiy tuzilmasi va rivojlanish yo‘llari tanlovini hurmat qilishlari kerak”, deyilmoqda hujjatda.

Xitoy va Rossiya davlatning ichki ishlariga aralashish va “tashqaridan hukumatni almashtirishga urinishlar”ni maqsadga muvofiq emasligini aytishmoqda.


“Muhimi, barcha davlatlar “sovuq urush” zamonlaridagi fikrlashdan voz kechib, hamkorlikka asoslangan uzoq muddatli, ajralmas va umumiy xavfsizlikning yangi ko‘rinishini shakllantirishlari kerak”, deb hisoblamoqdalar tomonlar.

Top