14:02 / 25.05.2015
3076

Toshkentda do‘stining kafesida nasha saqlagan giyohvand fosh etildi

Toshkentning Shayxontohur tumanidagi kafelardan birining yerto‘lasida nasha saqlanb kelgan giyohvand fosh etildi.

“Huquq” gazetasining axborot berishicha, fuqaro Tojimurod Isayev muntazam ravishda Anvar Tursunov ismli dilerdan giyohvand moddalar sotib olib, iste'mol qilib borgan. Bu moddalarni uyiga olib bora olmagani bois do‘sti, kafe egasi bo‘lmish Shohruhni aldab, uning yerto‘lasida firmadan sotib olgan dori-darmonlarni saqlashiga ishontirgan.

Kafe qorovulini Muxtorning guvohlik berishicha, Tojimurod dorilarni tekshirish bahonasi bilan tez-tez kafega tashrif buyurib, yerto‘la ichida nasha chekkan.

Huquq-tartibot idoralar xodimlari Isayevning bu maxfiy burchagini fosh qilib, uni moddalar iste'moli ustida qo‘lga oldi. O‘z navbatida, nashafurush Tursunov ham qo‘lga olinib, Isayevning ko‘rsatmasi asosida jazoga tortildi.

Top