07:43 / 26.05.2015
2864

“Blyuz qiroli” Bi Bi Kingning qizlari uning zaharlanganligini gumon qilishmoqda

Yaqinda vafot etgan blyuz musiqachisi Bi Bi Kingning ikki qizi – Karen Uilyams va Patti King otasining menejyeri va yordamchisini uni zaharlaganlikda ayblashmoqda.

“Blyuz qiroli” qizlarining fikricha, ularning otasini Lavern Toni va yordamchisi Mayron Jonson o‘ldirgan. Politsiya musiqachining o‘limi tafsilotlarini o‘rganishda davom etmoqda. Bi Bi Kingning mumiyolangan jasadi o‘likxonaga batafsil tekshiruvdan o‘tkazish uchun qaytarildi. Tekshiruv natijalari 8 hafta davomida tayyor bo‘ladi.

Avvalroq 14 may kuni o‘zining Las-Vegasdagi uyida, qand diabetining zo‘rayishi oqibatida blyuz gitarachisi Bi Bi King 89 yoshida vafot etgani ma'lum qilingandi. Musiqachi 30 mayda o‘zining ona shahri Indianolda dafn qilinishi kerak edi.

Bi Bi King eng mashhur blyuz ijrochilaridan biri hisoblanadi. Uning hisobida 50dan ko‘proq albom va 15ta “Gremmi” mukofoti bor.

Top