13:55 / 26.05.2015
3216

“Yevrovideniye” qo‘mitasi qoidani buzgan davlatlardan kelgan ovozlarni bekor qildi

“Yevrovideniye” qo‘mitasi Makedoniya va Chernogoriyadan to‘plangan ovozlarni hisobga kiritmaslikka qaror qildi. Konkurs tashkilotchilarining so‘zlariga qaraganda, har ikkala mamlakat ovozlarni sanash qoidalarini buzgan. Yo‘riqnomaga ko‘ra, to‘plangan ovoz ballari 50/50 nisbatda hisoblanishi kerak. Makedoniya va Chernogoriya vakillari esa SMS va qo‘ng‘iroqlar orqali olingan ovozlarning umumiylashtirish bilangina cheklanib qolgan.

Shunga qaramay, bu holat umumiy natijalarga sezilarli ta'sir o‘tkazmagani aytilmoqda. Tanlovda birinchi o‘rinni Shvetsiya vakili Mons Selmerlev egalladi. Undan keyingi pog‘onalar rossiyalik xonanda Polina Gagarina va Italiyaning Il Violo triosiga nasib qildi.

Top