Londonning “Vest Xem” futbol klubi keyingi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq Angliyaga UYeFAning ushbu musobaqasida qo‘shimcha o‘rin berildi, chunki mamlakat feyr-pley reytingida yuqori o‘rinni egalladi.
“Vest Xem” o‘z navbatida mavsum yakunlariga ko‘ra Angliya feyr-pley reytingida birinchi o‘rinni egalladi va shu munosabat bilan ushbu huquqni qo‘lga kiritdi.
“Vest Xem” Angliya chempionatini 12-o‘rinda yakunladi.