09:52 / 26.05.2015
5174

AQShdagi suv toshqinlari ijtimoiy tarmoqlarda reportaj qilindi

23-24 may kunlari AQShning Texas va Oklaxoma shtatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshqinlari ro‘y berib, jiddiy talofatlarga sabab bo‘ldi.
Hodisa oqibatida bir qancha ko‘priklar, yo‘llar va uylar jiddiy shikastlangan hamda kamida 3 kishi halok bo‘lgan.


Qurbonlar orasida o‘t o‘chirish xizmati xodimi kapitan Jyeyson Farli ham bor. U falokat vaqtida 5 yoshli qizchaning tug‘ilgan kuni nishonlanayotgan uydan hammani olib chiqqan, lekin o‘zi cho‘kib ketgan.


Suv toshqinlari tufayli Oklaxoma transport departamenti o‘nlab yo‘llarni yopib qo‘ygan. Texasda kuchli yomg‘irlar natijasida Blanko daryosi qirg‘oqlaridan toshgan hamda Uimberli shahridagi 400 uy vayron bo‘lgan. Texas va Oklaxoma hududida 2 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan, Illinoys, Ayova, Kanzas hamda Missuri shtatlari aholisi ehtimoliy toshqinlar hamda tornado haqida ogohlantirilgan.
Joylardan suratlar va videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.

Top