Avstraliyaning migratsiya ishlari bo‘yicha departamenti xodimlariga ish soatlarida uggi, vetnamka va kombinezon kiyib yurish taqiqlandi. Bu haqda The Daily Telegraph nashri xabar bermoqda.
Tashkilot mutasaddilarining fikricha, xodimlar erkin dress-kod tartibini suiiste'mol qilib, “professionallikning oddiy qoidalari”ga rioya qilmay qo‘ygan. Shu bois yangicha tartib o‘rnatishga to‘g‘ri kelgan. Jumladan, kombinezonlar “katta odamning garderobida bo‘lmasligi kerak” deb baholandi.