18:54 / 26.05.2015
2587

Berdiyev "Spartak" jamoasiga yangi bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

Ayni vaqtda "Rostov" jamoasini boshqarayotgan Qurbon Berdiyev "Spartak" jamoasiga yangi bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin. Bu haqda "Sovetskiy sport" nashri xabar bergan.

Nashrning ma'lum qilishicha, 62 yoshli murabbiy o‘z yordamchilari Vitaliy Kafanov hamda Yakub Urazsaxatov bilan birgalikda Moskva shahriga kelgan.

O‘z navbatida bundan oldin Rossiya yoshlar terma jamoasini boshqargan Nikolay Pisarev Qurbon Berdiyevning o‘rniga "Rostov"ga kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda "Spartak" jamoasida bosh murabbiy sidfatida ishlagan Murat Yaqin jamoani yevrokuboklarga olib chiqa olmadi va ayni damda uning keyingi mavsumda jamoada qolmasligi deyarli oydinlashgan.

Top