20:44 / 26.05.2015
4933

Forbes: Rossiyaning oltin-valyuta zaxiralari oshishni boshlamoqda

Rossiya iqtisodiyotida kuzatilayotgan ba'zi salbiy moyilliklarga qaramasdan, Rossiya oltin-valyuta zaxiralari oshishni boshlamoqda va 15 mayga kelib 362,3 mlrd dollarni tashkil qildi hamda bir oygi ko‘rsatkichga nisbatan 12 mlrd dollarga ko‘proqni tashkil qilgan, deb yozmoqda Forbes nashri tahlilchisi Mark Adomanis.

Adomanisning ta'kidlashicha, Rossiya iqtisodiyotidagi vaziyat bir xil emas, chunki oxirgi yarim yil ichida turli yo‘nalishlar bo‘yicha iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishi qayd qilingan. Adomanis hozirda vaziyat boshqa ko‘rinish olganini qo‘shimcha qilmoqda.

“Ishlab chiqarish kamaymoqda, biroq inflyatsiya ham kamaymoqda. Rubl qisman o‘zining dollarga nisbatan yo‘qotgan pozitsiyalarini tiklamoqda. Buning barchasi, albatta, Rossiya iqtisodiyotini jahonda ustunlik qilishiga olib kelmaydi. Biroq biz ko‘rayotgan holat retsessiya ham emas”, deb yozmoqda tahlilchi.

Top