17:32 / 26.05.2015
3947

O‘zbekiston moliya vaziri Janubiy Koreyaga safar uyushtirdi

26 may kuni Seulda O‘zbekiston va Janubiy Koreya biznes forum o‘tkazildi. Yonxap agentligining xabar berishicha, forum doirasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbirda ikki mamlakatdan jami 200 nafar tijoratchi va siyosat arboblari ishtirok etdi. Ular orasida Koreya bosh vazirining o‘rinbosari Choy Gyun Xvan va O‘zbekiston moliya vaziri Rustam Azimov bor edi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar turli sohalarda rivojlanib kelayotgani, yaqin istiqbolda qurilish mollari, oziq-ovqat sanoati singari sohalarda ham hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilayotgani ta'kidlab o‘tildi.

Top