17:43 / 26.05.2015
4465

Puerto-rikolik marhum haydovchi o‘zining dafn marosimiga rulda o‘tirib bordi

Saraton xastaligi tufayli vafot etgan puerto-rikolik haydovchining yaqinlari unga hurmat yuzasidan dafn marosimiga marhumni avtomobil boshqaruviga o‘tirg‘izgan holda olib borishdi. Bu haqda Elnuevodia.com internet nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, marhum 15 yildan oshiqroq vaqt mobaynida yo‘lovchilarni manzillariga yetkazib qo‘yish bilan shug‘ullanib kelgandi. Dafn uyiga sobiq haydovchi Toyota Corolla rusumli avtomobilda yetkazilgan.

«U dunyoning eng yaxshi insoni edi. Shuning uchun ham uni so‘nggi manzilga kuzatish marosimi ham shunaqa takrorlanmas ko‘rinishda o‘tdi. Bunaqasi hech qachon bo‘lmagan», deya gapirib o‘tdi marhumning qizi.

Top