10:28 / 26.05.2015
2073

«Real» Serxio Agueroning transferi uchun 90 mln yevro berishga tayyor

"Manchester Siti" jamoasining argentinalik hujumchisi Serxio Aguero "Real" klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.

Xabar qilinishicha, madridliklar argentinalik futbolchi timsolida Karim Benzemaning o‘rinbosarini ko‘rmoqda. Aguero uchun 90 million yevro taklif qilinishi kutilmoqda.

Qayd etish joizki, Florentino Peres Agueroni "Atletiko"da to‘p surgan vaqtlarda ham sotib olishni istagan edi.

Ma'lumot uchun, Serxio Aguero joriy mavsumda 33 uchrashuvda 26ta gol urgan va eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.

Top