09:39 / 26.05.2015
5746

Rossiya Ukraina bilan chegarasi bo‘ylab 100 kilometrlik g‘ov qazidi

Rostov viloyatida Rossiyaning Ukraina bilan chegarasi bo‘ylab 100 km.lik g‘ov qazib chiqildi hamda 40 km.lik to‘siqlar o‘rnatildi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining viloyat chegara boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Nashrning xabar berishicha, muhandislik to‘siqlari Don o‘lkasida barqarorlikni ta'minlash hamda noqonuniy qurol-aslaha aylanishining oldini olish maqsadida o‘rnatildi.

Xabar berilishicha, joriy yil boshidan Rostov viloyatida rossiyalik chegarachilar 60dan ortiq chegaradan qurol-aslaha va o‘q-dorilar olib o‘tish holatlarining oldini olishdi. Noqonuniy aylanishdan 40 dona o‘qotar qurol, 6 mingdan ko‘proq o‘q-dori, 200dan ortiq granata, 100ta snayard va 30dan ortiq mina musodara qilingan.

Chegara tartibini buzgan 130 nafardan ortiq qoidabuzar qo‘lga olingan.

Top