08:48 / 27.05.2015
2150

Afg‘oniston poytaxtida mehmonxonani qo‘lga olgan jangarilar yo‘q qilindi

Kobul shahridaning diplomatik tumanidagi mehmonxonani qo‘lga olgan jangarilar yo‘q qilindi. Bu haqda Agence France-Presse agentligining tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali xabar qilindi.

“Granatomyot va Kalashnikova avtomatlari bilan qurollangan to‘rt nafar jangari Vazir Akbarxon tumanida yo‘q qilindi”, – dedi agentlik muxbiriga Afg‘oniston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muhammad Ayub Salangi.

Tinch aholi va huquq-tartibot organlari xodimlari ichida hech kim zararlanmadi.

Top