09:29 / 27.05.2015
1622

Angliyalik muxlislar Sanchesni mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olishdi

"Arsenal" jamoasining chiliklik vingeri muxlislar tanloviga ko‘ra joriy mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida qayd etildi.

26 yoshli qanot hujumchisi Professional futbol uyushmasi (PFA) saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum arafasida "Barselona"dan sotib olingan Aleksis Sanches "Arsenal" safida 35 o‘yin o‘tkazdi va 16 gol urib, 8ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Top