09:09 / 27.05.2015
8447

Dmitriy Medvedev muhim yig‘ilishlarda uxlab qolmaslikning yo‘lini topdi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Moskva fizika-texnika instituti texnoparkiga ishchi safar uyushtirgan paytida to‘satdan yaratilgan ishlanmalar orasida o‘ziga juda zarur bo‘lgan ixtiro – odamga 4 soat ichida tiniqib uxlab olishga imkon beruvchi qurilmaga ko‘zi tushib qoldi.

Bosh vazirga bu qurilma juda ma'qul keldi. Qurilma kaftga taqiladigan braslet ko‘rinishida ishlangan. Qurilma bosh miya impulslarini o‘qib, chuqur uyqu bosqichini uzaytirish holatini keltirib chiqaradi.

Medvedev bu “mo‘'jizaviy” qurilma ko‘pchilik parlament a'zolariga asqotishini ta'kidlab o‘tdi.

“Bunday qurilma barchamizga zarur. Qurilmani o‘zingizda sinovdan o‘tkazganingizdan keyin, men bilan Sergey Sergeyevichga va boshqa hukumat a'zolariga ham majlislarda uxlab qolmaslik uchun shu qurilmadan yuboringlar, iltimos”, deb ta'kidlab o‘tdi Medvedev.

Top