14:10 / 27.05.2015
2331

FIFAning hibsga olingan mansabdor shaxslari soni 9 nafarga yetdi

Korrupsiya ishi bo‘yicha FIFAning hibsga olingan mansabdor shaxslari soni 9 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda The New York Times nashri.

Avvalroq BBC telekanali 4 nafar amaldor: Eduardo Li, Xose Mariya Marin, Jyeffri Uebb va Euxenio Figeredo hibsga olingani haqida ma'lumot bergandi.

Endilikda yana besh kishi: Djyek Uorner, Xulio Rocha, Kostas Takkas, Rafael Eskuivel va Nikolya Leos ham hibsga olindi.

Top