15:26 / 27.05.2015
2606

FIFAning hibsga olingan rasmiylaridan 4 nafari o‘z ayblariga iqror bo‘ldi

AQSh Yustitsiya vazirligining ma'lum qilishicha, 27 may kuni poraxo‘rlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan 14 nafar amaldorning 4 nafari o‘z ayblariga iqror bo‘lishgan. Shuningdek, hozirda tashkilotda ishlamayotgan yana ikki nafar sobiq xodim ham o‘z qilmishini tan olgan. Bu haqda Reyter xabar bermoqda.

Biroz oldinroq, FIFA ijroqo‘mi vitse-prezidenti Jyeffri Uebb va Euxenio Figeredo, KONKAKAFning sobiq prezidenti va FIFAning sobiq vitse-prezidenti Jyek Uorner hamda yana 11 nafar FIFA amaldori Tsyurixda AQSh Federal byurosi xodimlari kuzatuvlaridan keyin qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Keyinroq, hibsga olingan boshqa amaldorning ham ismi oshkor qilindi: Eduardo Li, Xulio Rocha, Kostas Takkas, Rafael Eskivel, Xose Mariya Marin va Nikolas Leos.

Qayd etishlaricha, sport marketingi sohasida faoliyat olib boruvchi to‘rt mutaxassis - Alexandro Bursako, Aaron Devidson, Ugo Jinkis va Mariano Jinkis ham hibsga olingan.

Noqonuniy to‘lovlarni amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatgani uchun Xose Margulis qo‘lga olingan.

Top