08:18 / 27.05.2015
2445

Ikki nafar xitoylik o‘t o‘chiruvchi yong‘in fonida suratga tushgani uchun ishdan bo‘shatildi

Xitoyning Yunnan viloyati o‘t o‘chirish departamenti o‘zining ikki nafar xodimini Yanshan shahrida yong‘inni o‘chirish paytida alanga ichida qolgan binolar fonida selfi tarzida rasmga tushgani uchun ishdan bo‘shatib yubordi.

O‘t o‘chirish departamenti ushbu holat yuz berganini rasman tasdiqladi va viloyat aholisini kelgusida o‘z ishini yaxshiroq tashkil etish va o‘z xodimlari xatti-harakatlarini jiddiyroq nazorat qilishga va'da berdi. Yana bir o‘t o‘chiruvchi ogohlantirish oldi.

Bu suratlar ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgandan keyin jamoatchilik va hukumatning sinchkov nazari ostiga tushdi.

Ushbu mojaroli suratlar ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari orasida katta bahs-munozaraga sabab bo‘ldi: ular orasida o‘t o‘chiruvchilarni o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishga sovuqqonlik bilan qaraganlikda ayblaganlar ham, ularni oqlaganlar ham bo‘ldi.

Top