09:02 / 27.05.2015
2799

Moskva shahri chekkasida politsiya xodimi o‘ldirildi

Politsiya kichik serjanti Moskva avtomobil xalqa yo‘lining 25 km uchastkasida gumondorni qo‘lga olish chog‘ida o‘ldirildi. Bu haqda Moskva politsiyasi matbuot xizmatiga tayangan holda Interfaks xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, ertalab soat 3:00da politsiya xodimlari gumondor shaxs minib ketayotgan “Gazel” mashinasini to‘xtatganlar. Ammo haydovchi politsiya xodimiga uch marta pichoq bilan zarba berib, voqea joyidan qochib ketgan.

Politsiyachi shifoxonada vafot etgan.

Top