11:45 / 27.05.2015
2389

Moskvaning ikki jamoasi Qozog‘iston chempionatida to‘purarlik qilgan futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Olma-Otaning «Qayrat» klubi hujumchisi Jyerar Gou faoliyatini Rossiyaning top-klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Manba ma'lumotlariga ko‘ra, ivuarlik futbolchiga Moskvaning ikki jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Gou «Qayrat» tarkibida 13ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi (gollarning uchtasi penaltidan urilgan).

Gou bungacha ham Rossiya Premer-ligasida to‘p surgan: 2013 yil iyulida u «Krasnodar» bilan uch yillik shartnoma imzolab, jamoa safida olti o‘yinda maydonga tushgan va bitta gol urgan.

Hujumchi 2014 yil yozida «Qayrat»ga o‘tib, Qozog‘iston chempionatidagi ikkinchi o‘yinidayoq xet-trikni rasmiylashtirgan edi.

Top