09:15 / 27.05.2015
2038

Poroshenko mudofaa buyurtmalariga oid import mahsulotlarini boj to‘lovlaridan ozod qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mudofaa buyurtmalariga oid import mahsulotlarini boj to‘lovlaridan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabarnoma tarqatdi.
Hujjat matnida alohida qayd etilishicha, “agressor” yoki “bosqinchi” deb topilgan davlatda ishlab chiqarilgan yoki ushbu davlatdan olib kirilayotgan mahsulotlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinmaydi.

Top