Ostona shahrida istiqomat qiluvchi erkak sobiq turmush o‘rtog‘ining ustidan benzin quyib, uni yoqib yubordi. Bu haqda shahar ichki ishlar departamenti matbuot xizmatiga tayangan holda “Novosti-Kazaxstan” agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, ayolning yuzi, bo‘yni va tanasining boshqa qismlari kuygan. U shifoxonaga yotqizilgan.
Aniqlanishicha, uning 43 yoshli eri ichki ishlar organlari hisobida turgan va bir necha marta ma'muriy javobgarlikka tortilgan.