06:56 / 27.05.2015
2362

«Real» Karlo Anchelottiga 4 million yevro tovon puli to‘laydi

"Real” Karlo Anchelotti bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilgani uchun unga 4 million yevro tovon puli to‘laydi.

26 may kuni madridliklar italiyalik mutaxassisning iste'fosi haqida rasman e'lon qilishgandi.

Anchelotti kelasi yili ham klubda ishlasa bir yil davomida 8 million yevro maosh olishi kerak edi. Ammo shartnoma bekor qilingani uchun mazkur mablag‘ning yarmini oladi.

Top