19:06 / 27.05.2015
2375

Rossiya va Hindiston 2015 yilda birgalikdagi harbiy-dengiz o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi

Rossiya va Hindiston 2015 yilda birgalikdagi harbiy-dengiz o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Ushbu holat yuzasidan maslahatlashuvlar iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sharqiy harbiy okrug vakili, polkovnik Aleksandr Gordeyevga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Vladivostokda 1–4 iyun kunlari Indra Navy-2015 Rossiya-Hindiston birgalikdagi harbiy-dengiz o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha birinchi anjuman bo‘lib o‘tadi. Tomonlar mashg‘ulotlarning o‘tkazilishi muddati, ishtirokchilarning kuchlari va vositalari tarkibini keyingi ikki anjumanda muhokama qilishadi va tasdiqlashadi”, – deb aytdi Gordeyev.

Mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan hududni belgilash masalasi bo‘yicha iyunda bo‘lib o‘tadigan anjumanda kelishib olinadi.

Top