19:21 / 27.05.2015
2455

Ukraina yangi milliy xavfsizlik strategiyasini qabul qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko yangi milliy xavfsizlik strategiyasini tasdiqladi. Bu haqda uning rasmiy saytida chop etilgan farmon orqali ma'lum bo‘ldi.

Hujjatga ko‘ra, Ukraina oldida turgan asosiy vazifalar uning YeI bilan integratsiyasini ta'minlash va NATOga kirish uchun shart-sharoitlar yaratishdir.
Bundan tashqari, yangi strategiyada mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash ham ko‘zda tutilgan.

Ukraina uchun eng katta tahdid sifatida Rossiya agressiyasi baholagan. Matnda ta'kidlanishicha, Rossiya “Ukraina iqtisodiyotini zaiflashtirish, uning hududlarini egallash va davlatchiligini yo‘q qilish”ni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Shuningdek, bundan buyon mudofaa va xavfsizlik sektoriga har yili yalpi ichki mahsulotning 5 foizi ajratilishi belgilab qo‘yildi.

Top