14:34 / 28.05.2015
1740

Danni "Zenit"ni tark etishini rasman ma'lum qildi

Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi yarimhimoyachisi Danni jamoani tark etishi haqida rasman e'lon qildi.

"Men bu matbuot anjumanini sizlarga ketishim haqida aytish uchun tashkil qildim. Ma'lumki, jamoa bilan shartnomamiz muddati yakunlandi.

Afsuski, bu shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildik. "Lokomotiv"ga qarshi o‘yin "Zenit" safidagi eng so‘nggi o‘yinim bo‘lib qoladi. Men barcha muxlislarga o‘tgan 7 yil davomida meni qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu ajoyib davr bo‘ldi", deydi Danni.

U Rossiyani tark etayotgan bo‘lsada, hamisha "Zenit" haqida qayg‘urishini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

"Hammaga katta rahmat!", deya o‘z so‘zlarini yakunlaydi portugaliyalik futbolchi.

Top