09:51 / 28.05.2015
3923

Internetda mashinaning kemaga xavfli tarzda yuklanayotgani aks etgan video ommalashmoqda

Internetda kema bortiga og‘ir yo‘ltanlamas mashina xavfli tarzda yuklanayotgani tasvirlangan, kema bortida turib olingan video ommalashmoqda.

Videoning boshidan-oxirigacha kema yo‘lovchilari va balki ekran ortida o‘tirgan tomoshabinlar ham mashina suvga tushib ketishini kutib, yurak hovuchlagan holda o‘tirishadi.

Biroq haydovchi o‘zining mahorati tufayli hayot uchun xavf tug‘diruvchi bu qaltis vaziyatdan tomoshabinlarning jo‘shqin hayriqlari ostida chiqib ketishga va mashinanni kemaga yuklashga muvaffaq bo‘ldi.

Top