11:57 / 28.05.2015
6590

"IShID" terrorchilari Iroq armiyasi askarlariga qarshi yalpi hujum uyushtirdi

"IShID" terrorchilarining hujumi oqibatida Iroq armiyasining kamida 80 nafar askari va xalq ko‘ngilli jangchilari halok bo‘ldi, o‘nlab askarlar jarohatlandi.

Jangarilar tomonidan uyushtirilgan bu hujumlar mamlakatning Anbar viloyatida joylashgan Al-Falluja shahri yaqinida sodir etildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.

Terrorchi-xudkushlar boshqargan 9 ta minalashtirilgan mashina nazorat-o‘tkazish punkti va Iroq qo‘shinlari va ko‘ngilli jangchilar joylashgan qismlar hududlarida portlatib yuborildi.

Ushbu teraktlar Iroq hukumati tomonidan Anbar viloyatida IShID jangarilariga qarshi katta miqyosdagi harbiy operatsiyaning boshlanishi e'lon qilinishi bilan deyarli bir xil vaqtda amalga oshirildi.

Top