12:35 / 28.05.2015
1604

Istomin “Rolan Garros” turnirining juftlik bahslarida ishtirokini davom ettirmoqda

Fransiya poytaxti Parij shahrida tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi, yilning to‘rtta yirik turniridan ikkinchisi hisoblangan “Rolan Garros” musobaqasi davom etmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 28 million yevroni tashkil etuvchi Fransiya Ochiq chempionatining juftliklar musobaqasi birinchi davrasida O‘zbekiston vakili Denis Istomin ikkinchi davraga yo‘l olgandi.

28 may kuni Istomin ikkinchi davra bahsida kortga chiqadi. Qozog‘istonlik Andrey Golubev bilan tandem hosil qilgan hamyurtimizning ikkinchi davradagi raqiblari fransiyalik tennischilar – Nikolas Mayu hamda Per-Yug Erber bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Istomin va Golubev ilk davrada yana bir qozog‘istonlik tennischi Mixail Kukushkin va shvetsiyalik Yuxan Brunstryomni 7:6, 6:4 hisobida taslim etishgan edi.

Top