09:04 / 28.05.2015
5339

NATO hujumlarga tegishlicha javob bera olishini aytdi

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyansga a'zo davlatlarga hujum bo‘lgan taqdirda tegishlicha javob qaytarishga va'da berdi. Uning so‘zlarini RIA Novosti agentligi keltiradi.

“NATO alyansga a'zo davlatlarga hujum bo‘lgan taqdirda tegishlicha javob qaytaradi”, – dedi u Vashingtondagi chiqishida.

Shuningdek, Stoltenberg kollektiv xavfsizlik alyansning oldida turgan asosiy vazifa ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, NATO harbiy qo‘mitasi raisi Pyotr Pavel Rossiya Boltiqbo‘yi va Kiyevni ikki kunda bosib olishi mumkinligini aytgan edi.

Top