09:00 / 28.05.2015
10216

NATO: Rossiya Boltiqbo‘yi va Kiyevni ikki kunda bosib olishi mumkin

NATO harbiy qo‘mitasi raisi Pyotr Pavelning fikricha, Rossiya Boltiqbo‘yi va Kiyevni ikki kunda bosib olishi mumkin. “Praga” radiosining xabar berishicha, u Chexiya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan “Bizning xavfsizligimiz” mavzuidagi konferensiya chog‘ida ushbu fikrni bayon qilgan.

Pavelning ta'kidlashicha, NATO bunday tahdidga darhol javob qaytara olmasligi mumkin, negaki 28 a'zosi bor alyans pozitsiyasini shakllantirish uzoq vaqtni oladigan muzokaralar va boshqa rasmiyatchiliklar jarayonidir. Bundan tashqari, Rossiyaga qarshi harakat boshlash qarorini qabul qilish ham oson bo‘lmaydi, negaki Moskva yadroviy qurolni qo‘llashi ehtimoli mavjud.

Top