08:05 / 28.05.2015
3175

Nike FIFA tizimidagi poraxo‘rliklarni fosh qilishda asosiy guvohlikni berishi mumkin

Nike kompaniyasi FIFA tizimida amalga oshirilgani gumon qilinayotgan poraxo‘rlik holatlari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazayotgan tergovchilarga yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

"Biz hukumat bilan hamkorlik qilamiz. Bu hammamiz uchun muhim. Biz bu jiddiy ayblovlardan qattiq xavotirga tushganmiz", deyiladi kompaniya axborotida.

AQSh Adliya departamentining ayblov aktida AQSh hududida bosh ofisi joylashgan sport kompaniyalaridan biri Braziliya milliy terma jamoasi libosida o‘z belgisi turishi uchun pora bergani haqida ham qayd etilgan.

Top