12:46 / 28.05.2015
2526

Oxirgi 15 yilda internetdan foydalanuvchilar soni 7 barobarga oshdi

Oxirgi 15 yil ichida axborot-kommunikatsion texnologiyalarining keskin o‘sishi kuzatildi. Hisobot davrida internetdan foydalanuvchilar soni 7 barobarga oshdi.
Bu haqda Xalqaro elektr aloqa ittifoqining hisobotida ma'lumot berildi. Hujjat BMT Xalqaro uchrashuvining axborot jamiyati masalalari bo‘yicha Forumida taqdim qilindi. Tadbir Jyenevada 25-29 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbirda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 1 700 kishi ishtirok etmoqda.
Hisobotda aytilishicha, bugungi kunda 3.2 mlrd odam internet xizmatlaridan foydalanadi, ulardan 2 mlrd nafari rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. 2000 yilda ularning soni 738 mln kishini tashkil qilgan edi.

Top