07:22 / 28.05.2015
2781

"Sevilya" ketma-ket ikkinchi yil Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi

27 may oqshomida Varshava shahrida joriy mavsum Yevropa Ligasi musobaqasining final o‘yini o‘tkazildi. Bu o‘yinda Ukrainaning "Dnepr" va Ispaniyaning "Sevilya" jamoalari bosh sovrin uchun bahs olib borishdi.

Dastlab, hisobni ukrainliklar 7-daqiqada ochishdi. Keyin Krixovyak (24-daqiqa) oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 31-daqiqaga kelib, "Sevilya" oldinga o‘tib oldi. Ruslan Rotan 44-daqiqada muvozanatni tenglashtirdi - 2:2. 

Ikkinchi bo‘limda, tajriba o‘z so‘zini aytdi, "Sevilya"ning kolumbiyalik hujumchisi Bakka 73-daqiqada g‘alaba to‘pini yo‘llab, amalda jamoasining g‘olibligini ta'minlab berdi.

Shu tariqa "Sevilya" Yevropa Ligasining g‘olibiga aylandi.  

Yevropa Ligasi, final
Dnepr Ukraina – Sevilya Ispaniya 2:3 
Gollar: 1:0 – 7 Kalinich, 1:1 – 28 Krixovyak, 1:2 – 31 Bakka, 2:2 – 44 Rotan, 2:3 – 73 Bakka. 
Dnepr – Boyko, Fedetskiy, Duglas, Cheberyachko, Leo Matos, Kankava (Shaxov, 85), Fedorchuk (Bezus, 68), Mateus, Rotan, Konoplyanka, Kalinich (Seleznev, 78).
Sevilya – Riko, Vidal, Karrisu, Kolodzeychak, Tremulinas, Mbia, Krixovyak, Reyyes (Koke, 59), Banega (Iborra, 89), Vitolo, Bakka (Gameyro, 82).
Ogohlantirishlar: Kankava (17), Krixovyak (45), Kalinich (45), Karrisu (62), Bezus (70), Bakka (74), Rotan (75), Leo Matos (83).

Top