19:13 / 28.05.2015
6780

Tojikistonlik OMON qo‘mondoni IShID safiga qo‘shilgani ma'lum bo‘ldi

Bedarak yo‘qolib qolgan tojikistonlik OMON qo‘mondoni Gulmurod Xalimov Suriyadagi IShID terrorchilik tashkiloti guruhida ekanligi ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu haqda u yo‘llagan videomurojaatdan ma'lum bo‘ldi. Videomurojaatda sobiq huquq-tartibot muassasalari xodimi o‘zining nega bunday qilganining sababini aytib o‘tgan. Jumladan, uning bunday qaror qabul qilishiga uning Tojikiston Ichki ishlar vazirligida o‘rnatilgan tartiblardan noroziligi, Rossiya-Tojikiston va Rossiya-AQSh munosabatlarining joriy holatidan qoniqmasligi sabab bo‘lganini aytib o‘tgan.

Top