18:40 / 28.05.2015
1917

Visa FIFA bilan xomiylik kelishuvini qayta ko‘rib chiqishi mumkin

Visa xalqaro to‘lov tizimi agar FIFA korrupsiya bilan bog‘liq mojaro ortida islohotlar o‘tkazmasa, kompaniya tashkilot bilan xomiylik kelishuvini qayta ko‘rib chiqishi mumkin, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

“Biz FIFAdagi korruptsion mojaro tufayli hafsalamiz pir bo‘ldi va bundan xavotirlanmoqdamiz”, deb FIFA amaldorlariga ayblovlar qo‘yilgandan keyin xabar berildi kompaniyada.

Visa FIFAning o‘z ichidagi muammolarni hal qilish uchun ortga surib bo‘lmaydigan va kechiktirilmaydigan choralar ko‘rishiga umid bildirmoqda.

“Tashkilot dunyodagi eng ommaviy sport o‘yini muxlislarining ishonchini qaytarish uchun o‘zining obro‘sini tiklashi kerak”, deb aytilmoqda Visa kompaniyasida.

Avvalroq FIFAdagi mojaro tashkilotning Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi bilan xomiylik shartnomasiga ta'sir qilmasligi ma'lum qilingandi.

Top