10:39 / 28.05.2015
1387

Xalqaro regbi ittifoqi prezidenti O‘zbekistonga 5 kunlik rasmiy tashrif uyushtirmoqda

Xalqaro regbi ittifoqi prezidenti Bernard Lapasset Toshkentga 5 kunlik tashrif bilan keldi.

U o‘z tashrifi davomida O‘zbekistonda joriy qilingan "Regbiga kirish" dasturi doirasida amalga oshiriligan ishlar bilan tanishish, regbichilarning sport bazalariga tashrif buyurish, shu sohadagi mas'ullar bilan uchrashish va regbi bo‘yicha Osiyo chempionati doirasidagi O‘zbekiston hamda Hindiston terma jamoalarining o‘yinlarini tomosha qilishni rejalashtirgan.

"Biz uchun Bernard Lapassetni O‘zbekistonda kutib olish quvonchli hodisadir. Bu tashrifdan keyin O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda ushbu sport yanada rivojlanishini kutish mumkin", deydi O‘zbekiston regbi federatsiyasi vakili Sodiq Safoyev.

Qayd etish joizki bu Lapassetning Markaziy Osiyo hududiga amalga oshirgan ilk tashrifi bo‘ladi. Ayni vaqtda Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat O‘zbekiston hamda Qozog‘iston Xalqaro regbi ittifoqi a'zosi hisoblanadi.

Bernard Lapasset 27 maydan 1 iyun kunigacha O‘zbekistonda bo‘ladi.

Top