11:36 / 29.05.2015
1778

Aziz Haydarov “Ash-Shabab” bilan Fors Ko‘rfazi Kubogini qo‘lga kiritdi

Fors Ko‘rfazida joylashgan arab mamlakatlari o‘rtasida an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan turnirda bu safar O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Aziz Haydarov to‘p suradigan “Ash-Shabab” klubi g‘olib bo‘ldi.

Fevral oyida boshlangan ushbu musobaqa finali kecha, 27 may kuni bo‘lib o‘tdi.

Finalga Birlashgan Arab Amirliklarining “Ash-Shabab” klubi bilan birga Ummonning “As-Sib” jamoasi yetib kelgandi. Ular o‘rtasidagi final uchrashuvining asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yindan keyin g‘olibni aniqlash uchun amalga oshirilgan penaltilar seriyasida esa 5:4 hisobida BAA jamoasi ustun keldi. 

Top