20:22 / 29.05.2015
1624

Berluskoni kuchli futbolchilar sotib olish uchun yetarli mablag‘ ajratilishini ma'lum qildi

"Milan" prezidenti Silvio Berluskoni kelajakdagi rejalar haqida gapirib o‘tdi.

"Anchelotti bir yilga tanaffus olishni istadi. Ammo uni hozirning o‘zidayoq futbolga qaytarishdan umidvormiz.

Biz juda yaxshi jamoaga egamiz. Ammo uning bor iqtidorini yuzaga chiqara olganimiz yo‘q. Albatta kuchli futbolchilarni ko‘proq sotib olish uchun yetarlicha pul ajratamiz.

Nima bo‘lgan taqdirda ham hozirgi tarkib ham yaxshi, ko‘plab futbolchilar Italiya terma jamoasida to‘p surishadi", - deydi u.

Top