10:14 / 29.05.2015
3506

Boltiqbo‘yi davlatlari havo hujumiga qarshi birgalikdagi mudofaa tizimini yaratmoqchi

Latviya, Litva va Estoniya mudofaa vazirlari o‘rta masofalar uchun mo‘ljallangan havo hujumiga qarshi birgalikdagi mudofaa tizimini yaratish bo‘yicha muzokaralar boshlash haqida kelishib oldi.

Latviya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Latviya ushbu tizim bo‘yicha muzokaralar va birgalikdagi xaridlarni amalga oshirish 2016 yilning boshida boshlanishidan manfaatdor hisoblanadi.

“Havo hujumiga qarshi mufodaa tizimini birgalikda xarid qilish uzoq muddatli istiqbolda Boltiqbo‘yi davlatlarining mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda muhim va amaliy qadam bo‘lgan bo‘lar edi va moliyaviy mablag‘larni tejash, tizimlarga xizmat ko‘rsatishni osonlashtirish hamda o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga imkon bergan bo‘lardi”, deb izoh berib o‘tdi vaziyat bo‘yicha Latviya mudofaa vaziri Raymonds Veyonis.

Top