20:46 / 29.05.2015
3311

Buyuk Britaniya bosh vaziri FIFA prezidenti o‘z lavozimidan ketishi lozimligini aytdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron FIFA prezidenti Yozef Blatter oxirgi korruptsion janjallar tufayli o‘z lavozimidan ketishi lozimligini aytmoqda.

“Men u ketishi kerak, deb hisoblayman. Bunday darajada, bunday miqyosda va bunday tashkilotda korrupsiyada ayblovga ega bo‘lish va bu tashkilot yetakchisini tashkilotni olg‘a olib borishi uchun to‘g‘ri odam qilib ko‘rsatish mumkin emas. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. U qanchalik erta ketsa, shunchalik yaxshi bo‘ladi, FIFA shunchalik tez o‘z nufuzini tiklaydi”, deb aytmoqda Kemeron.

Top